Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus Isroilning Ğazodagi Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining «Al-Quds» kasalxonasini bombardimon qiliş tahdididan çuqur xavotir bildirdi. 

X ijtimoiy tarmoğidagi postida Gebreyyesus Ğazo Isroilning şiddatli hujumlari ostida ekanini eslatdi.

«Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatidan Isroilning Ğazodagi «Al-Quds» kasalxonasini evakuatsiya qiliş talabi haqidagi xabari nihoyatda xavotirli», dedi Gebreyyesus. U odamlar hayotini xavf ostiga qöymasdan bemorlar bilan tölgan şifoxonalarni evakuatsiya qilişning iloji yöqligini ta’kidladi. 

«Soğliqni saqlaş xizmatlari doimo xalqaro insonparvarlik huquqiga muvofiq himoya qilinişi kerak», deya qöşimça qildi Gebreyyesus. 

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati yozma bayonotida şunday deyiladi: «Isroil askarlari Ğazodagi «Al-Quds» kasalxonasini bombardimon qiliş bilan tahdid solib, evakuatsiyani talab qildi. Kasalxona atrofi ertalabdan beri öqqa tutilmoqda».