Ğazo sektoridagi Al-Quds kasalxonasining bemorlari va xodimlari uning hududini tark etişga muvaffaq böldi. Ularni evakuatsiya qiliş haqida 15 noyabr, çorşanbaga ötar keçasi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati (PRCS) X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. Qayd etilişiça, hozir bemorlar, yaradorlar, ularning oilalari va tibbiyot xodimlari Ğazo sektori janubiy hududiga olib ketilmoqda.
Aş-Şifo kasalxonasi bilan bir qatorda, Al-Quds ham Ğazo sektoridagi eng yirik şifoxona hisoblanadi. PRCS ma’lumotlariga köra, sönggi ön kun içida u yerga gumanitar yordam yetkazişning imkoni bölmagan.
15 noyabrga ötar keçasi Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Aş-Şifo kasalxonasida «maqsadli» operatsiya boşlanganini e’lon qildi. Şu bilan birga, Isroil harbiylari, TsAHAL matbuot xizmati bayonotiga köra, kasalxonaga inkubatorlar va bolalar ovqatlarini yetkazib bergan.
Avvalroq AQŞ Oq uyi vakili Vaşington şifoxonalarga havo zarbalari beriş yoki ularning devorlari içida öt oçişni qöllab-quvvatlamasligini ta’kidlagan edi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 11 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.














