Jamiyat | 20:06 / 16.05.2018
34839
1 daqiqa o‘qiladi

Chegaradan noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs chegara posboniga pichoq urdi – IIV

Foto: Sputnik

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 14 may kuni IIV huzuridagi Tergov departamentidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi N.A. 2017 yil 13 dekabr kuni Zafarobod qishlog‘i hududidagi aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketmoqchi bo‘lgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu shaxs shu hududda xizmat olib borayotgan chegara posboni F.T.ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning chap oyoq son va chap ko‘krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid