Iqtisodiyot | 15:46 / 16.05.2018
28214
1 daqiqa o‘qiladi

Dollar 7996 so‘mgacha tushib ketdi

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda dollar kursi 5 sentabrda erkinlashtirish boshlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 7996 so‘m. Bundan O‘zbekiston Respublika valyuta birjasining ma'lumotlari darak beryapti.

So‘m 2018 yilning fevralidan boshlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 so‘mgacha arzonlashib ketgandi. Fevral oyi o‘rtalaridan boshlab milliy valyuta qiymati qatorasiga 11 hafta ko‘tarilib bordi. 

May oyida Amerika valyutasi 8050 so‘mgacha arzonlashdi, keyin esa 8030 so‘mgacha tushdi. So‘ngra 2017 yilning kuzidan beri birinchi marotaba milliy valyuta bir dollar uchun 8000 so‘mlik psixologik belgiga yaqinlashgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq valyuta birjasida dollar kursi 8017 so‘mgacha tushib ketgani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid