Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar uchrashuvi kengaytirilgan tarkibda davom etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.
Unda asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani aytilmoqda. Ma'lum qilinishicha, vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilg‘i-energetika, transport va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Savdo sohasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilinganiga qaramay, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi imkoniyat darajasida emas. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 210 million dollardan biroz oshgan. Amerikadek rivojlangan va O‘zbekistondek rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti aslida bundan ancha ko‘prog‘iga qodir. Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama hamkorlikning shu kabi jihatlarini tahlil qilib, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni, o‘zaro manfaatli va istiqbolli tarmoqlarni ko‘rsatib o‘tdi.
O‘zbekistonda xorijiy valyutalar konvertatsiyasi ochilgani, yangi va zamonaviy investitsion muhit yaratilgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar davlat tomonidan kafolatlanishi ta'kidlandi. Mamlakatimizda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun AQShning yirik kompaniyalari sarmoya va texnologiyalarini jalb qilishga kelishib olindi.
Muzokaralar so‘ngida Prezident Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025