Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ydi
Foto: REUTERS/Toru Hanai
Yaponiya hukumati AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiyga joriy etilgan bojlarga javob choralarini tayyorlash jarayonini yakuniga yetkazmoqda, ular yaqin vaqt ichida Jahon savdo tashkilotiga taqdim etiladi. Bu haqda Reuters NHK teleradiokompaniyasi efirida berilgan xabarga asosan ma'lum qildi.
Tokiodagilarning taxminicha, javob choralari AQShning deyarli 409 mln dollar yo‘qotishiga olib keladi. Bu summa po‘lat va alyuminiyga joriy etilgan bojlar tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy yo‘qotishlar qiymatiga teng, deya aytib o‘tgan NHK manbasi.
Yaponiya, AQShning boshqa ittifoqchilaridan farqli ravishda, Qo‘shma Shtatlar boj joriy etmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Yaponiya KXDRning quroli butunlay yo‘q qilinishiga erishish niyatida ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40 / 05.12.2025