Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IHTning navbatdan tashqari sammitida O‘zbekistondan kim ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2018 yilning 18 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) navbatdan tashqari sammitida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi elchiga rasman ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026
Turkiya arab davlatlarini Eron bilan urushmaslikka ko‘ndirmoqchi
16:36 / 21.03.2026