Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlar huquqiy targ‘ibot uchun maydonchaga aylanadi
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Adliya vazirligi ushbu sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta'minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarda vazirlikka boshqa davlat organlari normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazishlari, shuningdek ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishlari uchun namunaviy «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish topshirilgan edi.
Qabul qilingan hujjat ilgari amal qilgan xuddi shunday chora-tadbirlar namunaviy rejasidan asosan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi.
Birinchidan, «yo‘l xaritasi» yanada batafsil tus olgan. Hatto tayyorlangan huquqiy targ‘ibot materiallari joylashtiriladigan davlat organlarining rasmiy sahifalari bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar: Facebook, Twitter, YouTube, Odnoklassniki, MyTube va boshqalar nazarda tutilgan.
Ikkinchidan, o‘tkaziladigan tadbirlar ro‘yxati 13 tadan 9 tagacha qisqartirilgan. Bunga ularning ayrimlarini birlashtirish va ba'zilarini chiqarib tashlash hisobiga erishilgan.
Masalan, endi normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha konferensiya, seminar, davra suhbatlarining Kontseptsiyasi, dasturi va kalendar rejasini tayyorlash va tasdiqlash talab etilmaydi. Bu qonun hujjatlari soni oshganini hisobga olsa, mantiqan to‘g‘ri ish. Buning o‘rniga manzilli tadbirlarni haqiqatan zarur bo‘lgan shaxslar uchun o‘tkazuvchi respublika va hududiy targ‘ibot guruhlarini shakllantirish va ularning ishini tashkil qilishga urg‘u berilmoqda.
Uchinchidan, normativ-huquqiy hujjatning ahamiyatiga qarab targ‘ibot materiallari to‘plami – ma'ruzalar matnlari, taqdimotlar, infografika va boshqalar tayyorlanadi. To‘plam tarkibiy bo‘linmalar va idoraga qarashli tashkilotlarga yetkazib beriladi.
To‘rtinchidan, endi davlat organlari saytlarida normativ-huquqiy hujjatlarning faqat nazorat ekzemplyarlari joylashtirilishi va bo‘lishi shart. Ya'ni ularda hujjatga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks etgan bo‘lishi zarur.
Hujjat 14.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
12:05 / 27.12.2025
Sovg‘a ortidagi qopqon: tarmoqlarda yangi yil bayrami bilan bog‘liq zararli havolalar paydo bo‘lmoqda
20:33 / 12.11.2025
Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
10:41 / 11.09.2025