Jamiyat | 20:59 / 17.05.2018
9611
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda planshetga quyma tillalar joylagan firibgar ushlandi

Foto: KUN.UZ

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan biri tilla quymalarni yashirincha olib chiqishning navbatdagi qing‘ir usulini “kashf” qildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.

Dehliga parvozi oldidan fuqaro N.Sh. bojxona chegarasidan yashil yo‘lak orqali o‘tadi. Lekin bu bilan u jismoniy shaxslar uchun joriy qilingan yengilliklar va qulayliklarni suiiste'mol qilishga uringan ekan.

Poytaxt aeroportida xizmat olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda ushbu shaxsning qing‘ir qilmishi fosh etildi.

Qarang-ki, fuqaro N.Sh. bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilishga urinib, poyafzallarining ostki qismiga 79 gr. og‘irlikdagi tilla quymalarni yashirgan ekan.

Foto: KUN.UZ

Shuningdek, qonunbuzar shu bilan kifoyalanmagan. Unga tegishli bagaj ham sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, yuklar orasidagi 1 dona planshetning nazorat-rentgen apparatidagi tasvirlari shubhali aks etdi.

Shundan so‘ng ushbu planshet xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning orasiga ham juda yupqa qilib ishlangan 215,8 gr. og‘irlikdagi quyma tillalar yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid