O‘zbekiston | 11:00 / 17.05.2018
27689
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 4,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi
Vashingtondagi «Bleyr xaus» qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida savdo, energetika, moliya, qishloq xo‘jaligi, fan-ta'lim sohalariga doir qator hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan «Villard interkontinental» mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi shartnomalar imzolanganini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida
22:34 / 28.05.2021