Özbekiston delegatsiyasining Amerika Qöşma Ştatlariga rasmiy taşrifi munosabati bilan «Villard interkontinental» mehmonxonasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a'zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari iştirok etdi.
Şavkat Mirziyoyev prezident Donald Tramp bilan muloqoti özaro işonç va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga oliş ruhida ötganini alohida ta'kidladi.
«Biz bu tarixiy taşrifni keyingi ikki yil mobaynida misli körilmagan sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan Özbekiston — AQŞ hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garçi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olisda joylaşgan bölsa-da, mehnatsevarlik, bağrikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlaştirib turadi», dedi davlat rahbari.
Özbekiston va AQŞ örtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik kengayayotgani ta'kidlandi. Kuni keça ikki mamlakat kompaniyalari örtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi şartnomalar imzolangani yuqori baholandi.
Uçraşuvda davlat rahbari Özbekiston tarixini çuqur örganib, butun dunyoda keng tarğib etayotgan Frederik Starr va barça amerikalik olimlarga taşakkur izhor etdi.









