Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Putinga Suriya masalasida muzokaralar boshlashga tayyorligini bildirgan
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin suriyalik hamkasbi bilan Sochi shahrida uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma'lum qilgan.
«Bugun Sochi shahrida Rossiya prezidenti Putin va Suriya arab respublikasi prezidenti Bashar Asad uchrashuvi bo‘lib o‘tdi», deydi u.
Matbuot kotibning ta'kidlashicha, Asad amaliy tashrif bilan Sochida Putin bilan uchrashgan.
Xabarda aytilishicha, Putin hamkasbini terrorizmga qarshi kurashda erishilayotgan yutuqlar bilan tabriklagan. Shuningdek, Asad ham Suriyada siyosiy vaziyatni o‘nglash bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirgan. Endilikda urushdan keyin mamlakatni tiklash uchun 200 milliard dollardan 400 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘ talab etiladi.
AQSh kongressining quyi palatasi Qo‘shma Shtatlar tomonidan Suriyaning ushbu davlat hukumati nazorati ostida bo‘lgan hududlarda tiklash ishlari bo‘yicha istalgan yordam taqdim etilishini taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi.
Ayni damda Rossiya-Amerika munosabatlari sovuq urushdan ham «kattaroq nimagadir» o‘xshamoqda.
«Men umid qilamanki, biz bu qudratli davlatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga guvoh bo‘lmaymiz, sababi bu qolgan butun dunyoni nazoratdan chiqarib yuborishi mumkin», degan Asad.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Suriya rahbarlarining Sochi shahridagi uchrashuvi 2017 yil noyabrdan buyon yana amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026