Jamiyat | 14:36 / 18.05.2018
13913
1 daqiqa o‘qiladi

Oltiariq tumanidagi xonadonda propan gaz balloni portladi

Illyustrativ foto/today.kz

17 may kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi O.O‘. ismli ayol uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida propan gaz ballonidan sizib chiqib, to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida O.O‘. kuyish jarohatlar olib kasalxonaga yotqizilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid