Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi propan (suyultirilgan gaz) qimmatlaşgani yuzasidan izoh berib, bu bozorda import mahsulot uluşi va narxining oşişi hisobiga yuzaga kelayotganini bildirdi.
Qömita ma’lumotlariga köra, 2025 yilda birja savdolarida jami 358 ming tonna propan sotilgan bölib, şundan 61 foizi (219 ming tonna) mahalliy va 39 foizi import mahsulot hissasiga töğri kelgan. Yanvar-iyul oylarida içki bozorda mahalliy mahsulotning uluşi yuqori bölib, örtaça 80 foizgaçani taşkil etgan. Avgust oyidan boşlab bu körsatkiç kamayib borgan va dekabr (35 foiz) oyi va yanvarning ötgan davrida 10 foizgaça qisqargan.
«Bunga asosiy sabab – mahalliy mahsulotning aholi va ijtimoiy soha obektlariga yönaltirilganligi», — deyiladi qömita xabarida.
Qayd etilişiça, qömita tomonidan propan narxiga nisbatan boşlanğiç narxdan oşiriş çegarasi köpi bilan 20 foiz (spred) etib belgilanişi, 1 ta savdo sessiyasida 5 tonna (bungaça – 10 tonna) xarid limiti örnatilişi hisobiga mahalliy mahsulot sotiliş narxi yil davomida tonnasiga 7 mln sömdan oşmagan. Ayni paytda import mahsulot narxi 8 mln sömgaça şakllangan.
Şu örinda qömita mahalliy va import mahsulot örtasida mavjud narx tafovutini eslatib, sönggi vaqtlarda propan qimmatlaşganini import mahsulot uluşi va narxlari ösişi bilan izohladi.
«Mahalliy va import mahsulotning boşlanğiç (50 foiz) va sotiliş (35 foiz) narxi örtasida 40 foizgaça tafovut mavjud, – deya aniqlik kiritdi qömita. – Biroq sönggi oylarda içki bozorda import mahsulot uluşi va talabning oşişi hisobiga birja savdolaridagi örtaça narx import mahsulot hisobiga şakllanmoqda. Şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import mahsulotning boşlanğiç narxlari oşirilişi sababli bugungi kunda 1 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti örtaça 9,5 mln sömgaça sotilmoqda – dekabrga nisbatan ösiş 20 foiz».
Qömitaning ta’kidlaşiça, respublikada propanda harakatlanuvçi avtomobillar uluşi – 11 foiz, içki bozorda realizatsiya qilingan yoqilği mahsulotlarning atigi 5 foizi suyultirilgan gaz (propan) hissasiga töğri keladi.
Öz navbatida, Raqobat qömitasi içki bozorda propan narxini barqarorlaştiriş maqsadida öz vakolati doirasida tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani, AYoQŞlarda narxlar ustidan doimiy monitoring olib borilayotganini ma’lum qildi. Şuningdek, körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida qöşimça axborot beriladi.
«Bugungi kundagi vaziyatda çakana narxlar töğrisida har qanday ma’lumotning yoritilişi yoki narxlar oşişi töğrisida axborot tarqatilişi içki bozorda yagona narx şakllanişiga va bozor tamoyillari buzilişiga olib kelişi mumkin», – deyiladi qömita xabarida.








