Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Arktikaga tovushdan tez harakatlanuvchi raketa tashuvchilarni yubordi
Foto: Vladimir Fedorenko/RIA «Novosti»
Rossiya havo-kosmik kuchlarining uzoq aviatsiya qo‘mondoni Sergey Kobilashning ma'lum qilishicha, Rossiya armiyasi Arktikaga Tu-160 tovushdan tez harakatlanuvchi raketa tashuvchilarini yubordi. Bu mintaqa himoyasini kuchaytirish uchun qilindi, deya aytib o‘tdi harbiy «Krasnaya zvezda» gazetasiga bergan intervyusida.
«Joriy yilda Anadirga Tu-160 samolyotlarida borishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda Arktika biz uchun strategik ahamiyatga ega, shuning uchun o‘zimizga yangi aerodromlar va uskunalarni o‘zlashtirmoqdamiz. Ular dengiz chegaralari tomonidan va bu yo‘nalishda mamlakat xavfsizligini ta'minlash imkonini beradi», - deya aytib o‘tdi Kobilash.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, 2017 yilda Tu-22M3 birinchi marta Anadir va Vorkutaga qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Rossiya Arktikada «harbiy raqobatga» kirishishi mumkin ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:12
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
13:22
Putin RFda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bir necha barobar o‘sganini aytdi
12:53
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
12:04