AQŞ Kongressi tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan hisobotda ta'kidlanişiça, Arktika hozirgi Rossiya-Amerika munosabatlari fonida «harbiy keskinlik va raqobat» zonasiga aylanişi mumkin. Bu haqda RT xabar bermoqda.
«2014 yil mart oyida Qrimning qöşilganidan keyin Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlikning qayta tiklanişi, Rossiya harbiy salohiyati sönggi yillarda kuçaytirib borilgani va Arktikadagi amaliyotlar şunday taşvişni keltirib çiqarmoqdaki, mintaqa yana harbiy keskinlik va raqobat uçun maydonga aylanişi mumkin», - deyiladi hujjatda.
Şuningdek bildirilişiça, arktik mintaqadagi öz manfaatlarini himoya qiliş uçun Amerika tomonida yetarli mablağ ham bölmasligi mumkin. Ayni paytda Qöşma Ştatlar qalin muzliklar sababli suvosti kemalaridan foydalanmoqda, ammo muzlarning erişi mamlakat uçun yangi imkoniyatlar oçadi.
Bundan taşqari, ta'kidlanişiça, Arktika SSSR davrida mamlakatlar örtasida «harbiy raqobat arenasi» bölgan, ammo SSSR parçalanib ketganidan söng mintaqaning Amerika tomoni uçun ahamiyati pasayganligi qayd etildi. Hozirgi vaqtda Rossiya Arktikaga qaytib keldi va AQŞ ham xuddi şunday qilişga qaror qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya yadro quroli sinovlarini nazorat etiş tizimi haqida video e'lon qilgandi.












