Jahon | 14:30 / 18.05.2018
16590
1 daqiqa o‘qiladi

Skripal shifoxonadan chiqarildi

Foto: Global Look Press

Rossiya Razvedka xizmatining sobiq xodimi Sergey Skripal Angliya janubidagi Solsberi shahri shifoxonasidan chiqarildi.

«Fantastik yangilik, Sergey Skripal Solsberidagi shifoxonani tark etish uchun yetarli darajada o‘zini yaxshi his qilmoqda», — deya shifoxona bosh shifokori Kari Charlz-Barksning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.

2006 yili Rossiya tomonidan Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilishda ayblanib qamalgan, 2011 yili mahbuslar almashinuvi doirasida Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripal Solsberi shahrida 4 mart kuni behush holda topilgandi. Buyuk Britaniya hukumati Rossiya tomonini Skripalni «Novichok» nomli asab tizimini falajlovchi gaz bilan zaharlashda ayblagan. Moskva tomoni barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Yuliya Skripal 9 aprel kuni shifoxonadan chiqqandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid