Jahon banki bilan istiqbolli bitimlar imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni Vashington shahridagi Jahon banki shtab-kvartirasida ham bo‘ldi. Davlat rahbarini Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim kutib oldi, deb xabar beradi Prezidentning Matbuot xizmati.
"Bugungi kunda O‘zbekiston va mazkur bank o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. 2020 yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga umumiy qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan 27 ta muhim loyiha kiritilgan", deyiladi xabarda.
Uchrashuv chog‘ida bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolangani aytilmoqda.
Muzokarada yangi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.
Mavzuga oid
15:30 / 04.10.2024
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar ajratadi
07:22 / 24.06.2024
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi
14:45 / 18.06.2024
JB: O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi
07:40 / 14.06.2024