Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi maktabda darsdan chalg‘iydigan o‘quvchini aniqlash tizimi ishga tushirildi
Xitoyning Xanchjou shahridagi o‘rta maktabda o‘qituvchilar maktab rahbariyatiga bolalar darslarda qanchalik diqqatni bir joy jamlab o‘tirishini kuzatish imkonini beruvchi tajriba tizimini o‘rnatdilar. Bu haqda Telegraph yozmoqda.
Tizim hozircha faqat bitta sinfga o‘rnatilgan, biroq 2018 yilning yozida rahbariyat uni barcha kabinetlarda o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Tizim uchta kamera va doskadan tashkil topgan – ular kishining kayfiyatini yuz ifodasidan aniqlashi mumkin. Agar o‘quvchilardan kimdir darslar vaqtida chalg‘iydigan bo‘lsa – o‘qituvchiga xabar kelib, unda sinfdagi kimdir uni eshitmayotgani haqida ma'lum qilinadi.
Maktab rahbariyatining fikricha, bunday tizim maktab o‘quvchilarining shaxsiy hayotini hech qanday tarzda buzmaydi. «Men avval o‘zimga yoqmagan darslarda uxlab ham olardim. Endi buni qila olmayman - ular meni doimiy ravishda kuzatayotganini bilaman», - deydi maktab o‘quvchilaridan biri.
Tizim o‘quvchilarni bir nechta guruhga ajratadi – kamdan-kam chalg‘iydigan istiqbollilar, hamda ishtiyoqi kam bo‘lganlar. Ushbu ma'lumotlar bilan keyin nima yuz berishi noma'lum.
What else can surveillance cameras do in classroom other than exam supervision? High school in #Hangzhou uses camera to identify students facial expression for class performance analysis and improvement pic.twitter.com/bXolAE7Ev8
— People's Daily,China (@PDChina) May 16, 2018
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026