Sport | 18:13 / 19.05.2018
8236
1 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» o‘yinida iftorlik tashkil qilinadi

Foto: FK Lokomotiv Tashkent

Lokomotiv» klubi 22 may kuni stadionga tashrif buyurgan ro‘zadorlarga tanaffus paytida bepul yeguliklarini taklif etadi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ro‘zadorlar stadiondagi maxsus sektorda bemalol iftorlik qilib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, «Lokomotiv» – «Qizilqum» o‘yiniga kirish ham tekin. Bellashuv 22 may kuni soat 18:56da boshlanadi. Uning tanaffus vaqti Toshkent shahridagi iftorlik vaqtiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, «Lokomotiv» ma'muriyati stadionda muxlislar uchun ibodat qilinadigan joy ham tashkil qilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid