Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada Aqto‘be qurbonlari xotirasiga atab 52ta daraxt ko‘chati o‘tqazildi
Ostonada O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va «Oltin O‘rda» biznes-klubi vakillari avtobusdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga bag‘ishlab 52ta daraxt ko‘chatini o‘tqazdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.
«Fojiali voqea kuni Qozog‘iston hukumati va butun xalqi yordam berdi. Qozog‘istonning tegishli idoralari barcha zarur choralarni ko‘rdilar. Bugungi tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikning namoyonidir. Biz bu haqda halok bo‘lganlarning oilalariga aytib berishimiz kerak», - dedi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev.
Elchi qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning jadal rivojlanib borayotganini ta'kidladi.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik munosabatlarning yangi sahifasi ochildi. Bu yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili, deb e'lon qilingan, 2019 yilda esa – O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bo‘ladi. Ikki tomonlama munosabatlarda bir qator tadbirlar rejalashtirilgan. Kelgusi hafta biz xalqaro forumda va biznes uchrashuvida qatnashamiz. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib bormoqda. Bugungi marosim gumanitar sohadagi hamkorlikning belgisi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Biznes-klub raisi Marxabat Balgabay Qozog‘iston xalqi o‘zbek xalqining qayg‘usi bilan birdamligini ta'kidladi.
«O‘zbekiston mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi muhim strategik hamkori sanaladi. Bu yil biz birodar O‘zbekiston bilan hamkorligimizni mustahkamlamoqdamiz. Biz 52 kishi halok bo‘lgan fojiali voqeaga e'tiborsizlik bilan qaray olmaymiz, hamda o‘zbek xalqining qayg‘usiga sherik bo‘lishimiz kerak, deb hisoblaymiz», - deya aytib o‘tdi u.
18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aqto‘beda O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘lgan avtobus haydovchilariga qamoq muddati uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:44 / 02.10.2025