O‘zbekiston | 10:22 / 19.05.2018
54260
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Andijonga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 19 may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tashrif davomida to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz manbasi viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik avjida ekani, yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergandi. Prezident tashrif davomida viloyatning cho‘l hududi bo‘lgan Ulug‘nor tumanidagi Shahriston mahallasida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishi, Andijon tumanida «Zamin Bio Health» jamiyati tomonidan yangi ish boshlagan insulin zavodi, «Milano tekstil» korxonasi, «Andijan Silk Co» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, Asaka tumanida tashkil etilgan «Sabo hamkor» jamiyatida tashkil etilgan banan bog‘iga borishi kutilmoqda.

Mavzuga oid