O‘zbekiston | 15:40 / 20.05.2018
15293
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 50ta ko‘p qavatli uy quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Sulton Jo‘ra mahallasida qurilgan uy-joylarni borib ko‘rdi.

«Davlatimiz rahbarining o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar asosida ushbu mahallada beshta, Mustaqillik mahallasida ikkita 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda 14ta shunday turar joy barpo etilayotgan edi. Prezidentimiz Andijonda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, joriy yilda qo‘shimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Shu tariqa, bu yil Andijon shahrida 19ta, yaqin yillarda jami 50 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida

Shu yerda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari, kommunal tarmoqlarni yaxshilash loyihalari taqdimoti o‘tkazilgan.

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini rivojlantirish uchun 200 milliard so‘m mablag‘ ajratishga ko‘rsatma bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid