O‘zbekiston | 12:20 / 20.05.2018
27932
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi mehmonxona va bog‘ quriladi

Saray-plastic mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Yunusobod tumani Markaz-6 Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan hududda zamonaviy talablarga javob beradigan mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan. Umumiy yer maydoni 4 gektarni tashkil qiladi. Mehmonxona qurilishiga sarf qilinadigan mablag‘ 12 million AQSh dollariga teng. Mehmonxona qurilishi natijasida 100ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, tumanning 4-mavzesida Safiya land MChJ tomonidan “Billur” bolalar ko‘ngilochar bog‘ qurilishi ham dasturga kiritilgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid