Jahon | 08:22 / 21.05.2018
11903
2 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya imperiyasidan uzoqroq bo‘lish». Poroshenko o‘z missiyasini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko davlat rahbari lavozimidagi o‘z missiyasi haqida aytib berdi. Bu haqda u siyosiy qatag‘onlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan hamda «Bykovnyanskiye mogily» qo‘riqxonasida tashkil etilgan tadbirda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda UNN.

«Men o‘z missiyamda Ukraina jamiyatining aksariyat qismi qo‘llab-quvvatlovini his etmoqdaman. U shundan iboratki, - Ukraina Rossiya imperiyasiga yaqinlashish bo‘yicha juda xavfli hududdan ortga qaytarib bo‘lmas tarzda chiqishi kerak. Biz, Ukraina xalqi, o‘z tanlovimizni amalga oshirdik. Biz Rossiya ta'sir doirasidan ishonch bilan chiqib ketmoqdamiz», - dedi Poroshenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat Ukraina xalqi tarixini tiklash va saqlab qolishga yo‘naltirilgan, shuningdek, demokratiya va gumanizm, inson huquq hamda erkinliklari ideallariga rioya etilishini ta'minlovchi siyosatni olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukraina vakillarini MDHning barcha ustav organlaridan chaqirtirib olgandi

Mavzuga oid