Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi avval yopib qo‘yilgan yana bir ko‘cha qayta ochilmoqda
Foto: worldradiomap.com
Toshkent shahridagi avval yopib qo‘yilgan yana bir ko‘cha harakat uchun qayta ochilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Amir Temur xiyoboni («Ugolok» kafesi) aylanma yo‘li va Zarafshon ko‘chasi oralig‘ida hamda Sh.Rashidov shohko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab («Poytaxt» savdo markazi) Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha bo‘lgan oraliqda transportlar harakati qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent markazidagi “Jasorat” maydoni ma'lum muddatga yopilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
15:29 / 31.03.2026
Toshkentda kutilayotgan eko-obektlar: jamoat parki, sun’iy ko‘llar, dendrologiya bog‘lari va OTMda favvoralar
17:24 / 30.03.2026