Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytib keldi
Joriy yilning 15 may kuni Qozog‘iston Respublikasining Jambul oblasti, Merkin rayonida yuz bergan avtohalokat natijasida jarohat olgan uch nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vatanga omon qaytib keldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan to‘ydan qaytishayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi oila Merkin rayonida falokatga duch keldi. Ular shu yerdagi shifoxonaga joylashtirilgandi. Jabrlanuvchilarga Qozog‘istonlik mutaxassislar tomonidan malakaviy tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, ularning ahvoli yaxshi tomonga o‘zgarib, keyinchalik O‘zbekistonda davolanishi uchun imkoniyat tug‘ildi.
Vazirlik Qozog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi bilan hamkorligida joriy yilning 19 may kuni ushbu oila muvaffaqiyatli O‘zbekistonga qaytib keldi. Jabrlangan fuqarolar Toshkent viloyati «G‘isht ko‘prik» chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali olib kelindi va Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga davolanish uchun yotqizilgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025