Jamiyat | 09:57 / 22.05.2018
11052
2 daqiqa o‘qiladi

Mirobod tumanida pichoqbozlik yuz berdi

2018 yil 19 may kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi «Vesna» kafesida fuqaro U. qo‘shnisi V. bilan birga spirtli ichimliklar iste'mol qilishib, o‘zaro janjal oqibatida fuqaro V. qo‘shnisi U.ning boshiga g‘isht bilan urib tan jarohati yetkazgan va o‘zining uyiga ketgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so‘ng, U. oshxona pichog‘i bilan V.ning uyiga borib, uni ko‘krak sohasiga bir necha marotaba pichoq bilan sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Shifokorlarning harakatlari natijasida V.ning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda fuqaro U. ushlanib, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (odam o‘ldirishga suiqasd qilish).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ibn Sino”dagi bekatda pichoqbozlik yuz bergandi.

 

Mavzuga oid