O‘zbekiston | 00:25 / 22.05.2018
43881
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Foto: RIA Novosti

22-23 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi harbiy delegatsiya Toshkentda bo‘lishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yuqori martabali mehmon Rossiya Federatsiyasi Harbiy havo kuchlariga qarashli maxsus samolyoti bilan 21 may kuni kechqurun ​Toshkentga yetib kelgan.

Xabar qilinishicha, 22 may kuni ertalab O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Sergey Shoyguni kutib olishi rejalashtirilgan. Tashrif davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi rejalari xususida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri O‘zbekistonda yetuk harbiy kadrlarni tayyorlashning zamonaviy jarayonlari bilan Qurolli Kuchlar akademiyasida tanishishi va hukumat darajasidagi bir qancha uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.​

Mavzuga oid