Jahon | 09:02 / 22.05.2018
20557
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yadroviy qurilmaga ega raketalar muvaffaqiyatsiz sinovdan o‘tkazildi – OAV

Arxiv foto/Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi

AQSh razvedkasi hisoboti bilan tanishib chiqqan manbalar so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2017 yilning noyabridan 2018 yilning fevraliga qadar yadroviy kuch qurilmasiga ega qanotli raketani to‘rt marta sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda CNBC xabar bermoqda. Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, ularning bari muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

Xususan, manbalarning ta'kidlashicha, Rossiya yadroviy kuch qurilmasiga ega raketasining eng uzoq parvozi ikki daqiqacha davom etgan, bunda u 35 kilometr masofani bosib o‘tib, so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan va qulagan. Shuningdek, ularning xabar qilishicha, eng qisqa sinov to‘rt soniya davom etgan bo‘lib, raketa bu sinovlar vaqtida sakkiz kilometr uchib o‘tgan.

Shu bilan birga, ularning qayd etishicha, yadroviy kallakni o‘zida olib yurishi mumkin bo‘lgan tovushdan ham tez harakatlanuvchi Rossiya raketasi uchta testdan ikkitasini muvaffaqiyatli yakunlagan. Uning to‘rtinchi sinovi 2018 yil yoziga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya AQShni raketalar bo‘yicha shartnomani buzishda ayblab chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid