Sport | 18:34 / 22.05.2018
5309
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik shahzoda terma jamoa qarzlarini to‘lab beradi

Saudiya Arabistoni taxti vorisi, shahzoda Muhammad ibn Salmon mamlakatda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga jazm qildi, deb xabar beradi Arab News.

U Saudiya Arabistoni chempionatidagi barcha klublarning xorijiy futbolchilar oldidagi qarzlari, shuningdek, federatsiyaning terma jamoa futbolchilari oldidagi barcha qarzlarini to‘lab berishga qaror qilgan.

Bundan tashqari, ichki chempionat o‘yinlarida ishlagan xorijiy hakamlar oldidagi qarzlar ham shahzoda mablag‘lari hisobiga to‘liq uziladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, beg‘araz yordam miqdori 340 million dollarni tashkil qiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid