O‘zbekiston | 18:39 / 22.05.2018
19601
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi

Foto: Kun.uz

TIVning MDH va ShHT tuzilmalari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinatori etib Rahmatilla Nurimbetov tayinlandi. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u ilgari O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid