Jamiyat | 14:52 / 23.05.2018
14310
4 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning yetakchi eshik-romlar brendi – Rehau endi O‘zbekistonda

Foto: Rehau

Uyingizga zamonaviylik va qulaylik yaratuvchi Germaniyaning Rehau kompaniyasi endi O‘zbekistonga ham kirib keldi. Kompaniya yuqori nemis innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etuvchi xizmatlari orasida Rehau eshik-romlari ancha mashhur.

Bundan tashqari, kompaniya Germaniyaning Winkhaus eshik va derazalar uchun aksessuarlar yetkazib beruvchi brendining dileri ham hisoblanadi.

Rehau zavodi 40 yildan buyon ko‘plab avtogigantlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ularning orasida mashhur BMW kabi brend ham bor. 1990 yilda kompaniya BMW uchun o‘zining millioninchi bamperini ishlab chiqargan edi.

Shuningdek, 1995 yilda Rehau kosmik sanoat uchun uglerod plastmassasini yetkazib berishni boshladi, shundan keyin undan Airbus samolyotlarini yig‘ishda foydalanib kelinmoqda. Mazkur misollarning o‘zi ham Rehau’ning qanchalik ishonchli va nufuzli kompaniya ekanligini bildiradi.

REHAU AG Rossiyada eng ko‘p sotiladigan oyna mahsulotlari yetkazib beruvchisi ekanligini ta'kidlagan holda, kompaniya xuddi shunday yuqori sifatli mahsulotlari bilan o‘zbek bozoriga ham rasmiy distribyutor Rehau Eurasia nomi ostida kirib kelgani quvonarli hol.

Foto: Rehau
Foto: Rehau

REAHAU eshik-romlari bilan kamida 50 yil sokinlik va iliqlik uy yoki ish xonangizni tark etmaydi. Oynalar sovuq, shamol va turli yog‘ingarchiliklardan xona ichini ishonchli himoyalaydi.

1958 yilda Rehau kompaniyasi ekstruziya usuli bilan ilk plastik oyna profilini ishlab chiqaradi. 60 yillik tajriba natijada bu yo‘nalishning qanchalik rivojlanganiga quyidagi videorolik orqali guvoh bo‘lish mumkin.

Winkhaus AG plastik, yog‘och va alyumin konstruksiyalar uchun hududni boshqarish tizimi va silindrlar, eshik va deraza uchun aksessuarlar yetkazib beruvchi firma bo‘lib, unga asos solinganiga 160 yildan oshgan va shu muddat ichida u 30 dan ortiq mamlakatlarda o‘z bo‘limlariga ega.

Foto: Rehau
Foto: Rehau
Foto: Rehau

Winkhaus mahsulotlari konstruksiyalarining aniqligi, yuqori ishlab chiqarish sifati va amalga joriy etishdagi activPilot Comfort, blueSmart, blueCompact kabi keng funksiyalari bilan ajralib turadi.

Venadagi Uniqa Tower binosi, Zaltsburgdagi Mirabel saroyi, Gannover 96 «HDI-arena» stadioni, Erfurtdagi Biznes markazi kabi mashhur binolar aynan Winkhaus’ning zamonaviy qurilmalari bilan ta'minlangan.

Rehau Eurasia’ning taqdim etuvchi xizmatlari turli harorat va vaqt kabi to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, mijozning barcha talablarini to‘la qondiradi. Kompaniya malakali xizmat ko‘rsatish, yuqori sifatli mahsulotni kafolatlash bilan birga hammabop narxlarini ham taklif qiladi.

Foto: Rehau
Foto: Rehau

Tez orada rasmiy diler orqali yurtimizda Rehau brendining interer va jihozlar, oshxona dastgohlari kabi innovatsion mahsulotlari hamda smart texnikalarining ham sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Uyingizda qulaylik va zamonaviylik muhitini Rehau bilan yarating!

  • Manzil: Toshkent shahri, Sodiq Azimov 3-ko‘chasi, 1-uy
  • Telefon: +998(99) 862-05-50

Batafsil ma'lumot bilan eurasiagroup.uz saytida ham tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid