Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyalik dzyudochilar federatsiya prezidenti xonasining eshigiga mix qoqib tashlashdi
Gruziyaning dzyudo bo‘yicha terma jamoasi a'zolari norozilik aksiyasi uyushtirishdi va federatsiya prezidenti David Kevxishvilini ishdan bo‘shatishni talab qilishdi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, sportchilar Kevxishvilining ish kabineti eshigiga mixlar qoqib tashlashgan, bu paytda amaldor o‘z o‘rnida bo‘lmagan, uning kursisi esa chiqindixonaga olib chiqib tashalgan.
«Biz Kevxishvilining iste'fosini talab qilamiz. Uning faoliyati Gruziyada dzyudo rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Afsuski, hozircha tegishli davlat tuzilmalari tomonidan kerakli munosabat bildirilmadi. Biz norozilikni g‘alabaga erishgunga qadar davom ettiramiz», - deya ta'kidlab o‘tgan Gruziya terma jamoasi sardori Varlam Liparteliani.
Dzyudochilar Kevxishvilini dzyudoni rivojlantirishga ajratiluvchi davlat mablag‘larini, shuningdek, sportchilarga yirik musobaqalardagi g‘alaba uchun berilgan mukofot pullarini o‘zlashtirishda ayblashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya rahbari tajribali murabbiylarni ishdan bo‘shatib yuborib, ularning o‘rniga o‘z do‘stlarini olgan.
Ma'lumot uchun, Gruziya terma jamoasi aprel oyida dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda Yevropaning to‘qqiz karra chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tbilisida klublardagi maxsus amaliyotdan so‘ng tartibsizliklar ro‘y bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
23:10 / 26.10.2024