Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyotr Poroshenko desant qo‘shinlarining nomini o‘zgartirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Yuqori mobilli desant qo‘shinlari (Visokomobilni desantni viyska — VDV) nomini o‘zgartiruvchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda 112 Ukraina.
Qayd qilinishicha, Ukraina qo‘shinlarining ruscha va ukraincha abbreviaturasi Rossiyaning havo desant qo‘shinlari (Vozdushno-desantnyye voyska — VDV) nomiga o‘xshab qolgan. Endi Ukraina VDVsi desant-shturm qo‘shinlari (Desantni-shturmovi viyska — DShV) deb ataladi.
Nikolayev shahrida chiqish qilar ekan, Poroshenko o‘tgan yilning noyabrida Kiyevda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda desant qo‘shinlarining nomi, ramzi va uniformasi o‘zgartirilganini eslatib o‘tdi.
«Fursatdan foydalanib, Oliy Rada tomonidan qabul qilingan mudofaa masalalari bo‘yicha ayrim qonunlarga o‘zgartirish kiritish, jumladan Destant-shturm qo‘shinlari haqidagi qonunni imzolayman. Jangovar birodarlarimni tabriklayman. Ushbu qonunchilik hujjati shuhrati baland qo‘shinlar — «Desant-shturm qo‘shinlari»ning nomini tartibga soladi, — dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:05 / 22.10.2022