Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Faxriddin Umarovich Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Faxriddin Davrukov 2008 yildan Vazirlar Mahkamasida makroiqtisodiy va tuzilmaviy islohotlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ma'lumot to‘plash va mintaqlar rivojiga doir masalalarni tahlil qilish yo‘nalishlarida ishlagan.
2015 yildan u "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasida soha rivoji strategik prognozlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abdulaziz O‘rolboyevich Aqqulov ham Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Aqqulov 2017 yilning yanvaridan qo‘mitaning Turizm sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli qarorlarni 2018 yil 22 may kuni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIVda yangi lavozim tayinlovi ro‘y bergandi.
Mavzuga oid
11:00
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
08:47 / 01.06.2026
Rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sun’iy intellekt orqali baholanishi mumkin
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
14:41 / 20.03.2026