AQSh Eron va Turkiya aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Eronning Mahan Air va Meraj Air aviakompaniyalari bilan aloqasi bo‘lgan Eronning ikki aviakompaniyasi, Turkiya aviakompaniyasi hamda Turkiyada qayd qilingan uchta logistik kompaniyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Mahan Air bilan aloqasi bo‘lgan Eronda joylashgan Blue Airways va Turkiyaning Otik Aviation aviakompaniyalariga, Turkiyaning material-texnik ta'minoti tarmog‘iga karshi sanksiyalar kiritilgan. Tarmoqqa Trigron Lojistik, RA Havacilik va 3G Lojistik kompaniyalari kiradi. Bu kompaniyalar 2011 yildan beri AQShning sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan Mahan Air’ga o‘z aviaparklariga xizmat ko‘rsatishga imkon bergan.
Eronning Dena Airways aviakompaniyasi va u bilan bog‘langan ikki nafar jimoniy shaxs 2014 yildan beri “qora ro‘yxat”da bo‘lgan Meraj Air bilan aloqasi sababli sanksiyalar ostiga tushgan.
Ma'lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxatidagi aviakompaniyalarga u yoki bu yo‘l bilan aloqasi bo‘lgan 31 ta samolyot ham sanksiyalarga uchragan. Bu samolyotlarga parvoz qilish yoki qo‘nishga ruxsat beruvchi barcha shaxs va tashkilotlar ham AQSh sanksiyalariga uchraydi, deb aytilgan AQSh moliya vazirligida.
Mavzuga oid
17:53
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi
22:33 / 07.10.2024
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
22:07 / 07.10.2024
Eron Isroil hujumi sodir bo‘lgan taqdirda kamida 10 ta chora ssenariysini tayyorladi
11:41 / 07.10.2024