Jamiyat | 10:11 / 24.05.2018
40525
2 daqiqa o‘qiladi

Yana bir kollej o‘quvchisi qotillik sodir etdi 

Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi axborot xizmati

2018 yil 23 may kuni tungi soat 02:30larda Bekobod shahar Yengil sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi A.A. o‘zi bilan muqaddam bir sinfda o‘qigan sinfdoshi Bekobod tumanida istiqomat qilib, Bekobod shahar Texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan Sh.E.ning uyiga borib, uni haqorat qilgan, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati prokuraturasi axborot xizmati.

Yuzaga kelgan o‘zaro tortishuv oqibatida Sh.E. oshxona pichog‘i bilan A.A.ning ko‘krak qismiga besh marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Sh.E.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda kollej o‘quvchisini pichoqlab ketishgandi.

Mavzuga oid