O‘zbekiston | 12:48 / 24.05.2018
2198
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuraturada Amnesty international delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yo‘ldoshevning «Amnesty international» xalqaro nodavlat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya a'zolariga O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, shu jumladan sha'ni va qadr-qimmatini kamsitishga, shuningdek qonuniy manfaatlarini cheklashga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi islohotlar borasida ma'lumot berildi. Xususan, qonun himoyachilarida qiynoqlarga solish va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlarini qo‘llash uchun qonunchilikdagi javobgarlikni kuchaytirish masalalari alohida qiziqish uyg‘otdi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi, sud-tergov faoliyatida shaffoflikni ta'minlash, shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid