Jahon | 15:30 / 24.05.2018
13021
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Rossiyadan yana qiruvchilar sotib oladi

Foto: Anton Balashov/RIA «Novosti»

Qozog‘iston Rossiyadan Su-30SM ko‘p nishonli qiruvchilarning navbatdagi partiyasini sotib oladi. Bu haqda «Korporatsiya «Irkut» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tegishli shartnomani imzolash marosimi Ostonada bo‘lib o‘tayotgan «KADEX-2018» Xalqaro qurol-yarog‘ va harbiy-texnik mulklar ko‘rgazmasi davomida o‘tkazildi.

Su-30SM ko‘p nishonli qiruvchilarning yangi partiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma «Kazspetseksport» va «Korporatsiya «Irkut» o‘rtasida imzolangan.

Shartnoma doirasida «Korporatsiya «Irkut» Qozog‘istonga Su-30SM samolyotlari partiyasini yetkazib beradi. Shartnomani bajarish 2020 yilda yakunlanadi. Qiruvchilar 2015 yildan buyon Qozog‘iston havo mudofaasi kuchlarida bo‘lgan shu kabi jangovar mashina parkini to‘ldiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid