Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey Yevroittifoqdan to‘laqonli Brexit’ni kechiktirishni so‘raydi - The Times
Foto: Stephanie Lecocq / EPA
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan (YeI) to‘laqonli Brexit’ni 2023 yilga qadar kechiktirishni so‘raydi. Bu haqda The Times gazetasi yozyapti.
Rejaga ko‘ra, ikkinchi o‘tish davri vaqtida savdo kelishuvlari va bojxona bo‘yicha masalalar hal etiladi. Bu Irlandiya hamda Shimoliy Irlandiya o‘rtasida to‘laqonli chegaraga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilinadi. Avvalroq, mamlakatning Yevroittifoqdan chiqqanidan so‘ng o‘tish davri 2020 yilning 31 dekabriga qadar davom etishi haqida taxmin bildirilgandi.
«Buyuk Britaniya 2021 yildan kamida 2023 yilgacha bojxona va qonunchilik normalarini joriy etish uchun davrni muvofiqlashtirib olish haqida so‘raydi. Bu chegarada tekshiruvlarni joriy qilish hamda infratuzilma barpo etish zaruratidan qochish uchun kerak», - deyiladi nashrda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya hukumati Yevropaga 2021 yildan so‘ng YeI bojxona ittifoqi a'zosi bo‘lib qolishga tayyor ekanini xabar berish niyatidaligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:19
YeI diplomatiyasi rahbari Kallas: Tramp Yevropani parchalashga intilmoqda
11:55
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
08:21 / 07.03.2026