Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Yevroittifoq bo‘yicha muhim qarorni e'lon qilmoqchi
Britaniya hukumati Yevropaga 2021 yildan so‘ng YeI bojxona ittifoqi a'zosi bo‘lib qolishga tayyor ekanini xabar berish niyatida. Bu Buyuk Britaniyaning Yevropa hamjamiyatidan chiqishi bo‘yicha kelishuv doirasida amalga oshiriladi, deb yozmoqda The Telegraph.
Nashrdan xabar qilishlaricha, seshanba, 15 may kuni, mamlakat bosh vaziri Tereza Mey boshchiligidagi vazirlar mahkamasi Brexit to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha yangi rejani ma'qulladi. Ta'kidlanishicha, u Birlashgan Qirollikning Yevropa ittifoqidan chiqqanidan keyin Irlandiya hamda Shimoliy Irlandiya o‘rtasida to‘laqonli chegara o‘rnatishdan qochishda yordam beradi. Gazeta manbalarining qayd etishicha, reja qat'iy vaqt cheklovlarini nazarda tutadi.
Ta'kidlanishicha, hukumat qo‘mitasi vakillari shunday kelishuvga erishishganki, bunda agarda Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqida qolsa, chegarada texnologik murakkab tizimlar o‘rnatilmaydi. Avvalroq, amaldorlar ularni o‘rnatish 2023 yilga qadar cho‘zilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirishgandi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026