Jahon | 03:47 / 24.05.2018
4586
2 daqiqa o‘qiladi

Sud Trampga Twitter’dagi foydalanuvchilarini tanqid uchun bloklashni taqiqladi

Foto: Somodevilla / Getty Images

Nyu-York sudi AQSh prezidenti Donald Trampga uning qarorlarini tanqid qiluvchi foydalanuvchilarni Twitter mikrobloglar servisida bloklashni taqiqladi, deb yozmoqda NBCNews.

Twitter’da Tramp tomonidan bloklangan oila sudga 2017 yilning iyul oyida da'vo arizasi kiritgan edi. Da'vo arizasi Knight First Amendment Institute huquqni himoyalovchi tashkilot bilan birgalikda kiritilgan. Arizada yozilishicha, Tramp Twitter’da foydalanuvchilarni bloklab, so‘z erkinligini va norozilikni namoyon qilish huquqini beruvchi AQSh konstituttsiyasiga birinchi tuzatishga zid ish qilgan.

Da'vogarlarning fikricha, prezident mikroblogi jamoatchilik bahslari va munoazaralari uchun maydon hisoblanadi. Amerika yetakchisi fuqarolarni ularning siyosiy qarashlariga ko‘ra undan foydalanishdan mahrum etmasligi kerak. Da'vo arizasida bloklash «o‘zgacha fikrlashni bostirishga urinish» o‘laroq baholangan.

Ishni o‘rganib chiqib, sud da'vogarlar foydasiga qaror chiqargan.

Tramp 2017 yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan inauguratsiyadan so‘ng posle Twitter’da AQSh prezidentining rasmiy akkaunti — @POTUS’ni yurita boshlagan, shu bilan birga mikroblogning o‘ziga tegishli sahifasida ham xabarlar yozishda davom etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid