Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron Yevropaga o‘z shartlarini qo‘ydi
Foto: AP Photo / Office of the Iranian Supreme Leader
Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Homanaiy Tehron yadroviy kelishuvni tark etmasligi uchun Yevropa yetakchilariga 7 ta shart qo‘ydi.
“Ikki yil davomida yevropaliklar sukut saqlab turganda AQSh kelishuvni bir necha bor buzdi. Yevropaning bu uchta davlati (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya) o‘zlarini nohalol va ishonchsiz tutmasliklarini isbotlashlari kerak”, deb aytilgan Hameneiyning tvitterdagi sahifasida.
Uning aytishicha, Yevropa AQShning harakatlarini qoralovchi rezolyutsiya chiqarishi, AQSh Eronning raketa dasturi masalasini ko‘tarmasligini va uning mintaqaviy siyosatiga aralashmasligini kafolatlashi kerak. Hameneiy, shuningdek, Eron nefti sotilishi ta'minlanishini, Yevropa banklari Eron bilan biznes-tranzaksiyalar olib borishni kafolatlashini talab qilgan.
“Agar AQSh neft sotishga xalaqit berishga muvaffaq bo‘lsa, biz o‘zimiz istagan hajmdagi neftni sota olishimiz kerak. Yevropaliklar kafolatlar shaklida buni kompensatsiya qilib, Eron neftini sotib olishi lozim”, deb aytgan Hameneiy.
Bundan tashqari, Eron oliy yetakchisi Yevropa AQShning Eronga qarshi sanksiyalar kiritishiga qarshilik ko‘rsatishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Vashington Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va shu munosabat bilan Eronga qarshi barcha sanksiyalar tiklanishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
19:15
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
15:49
FT: YeIda Eron bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasi muhokama qilinmoqda
14:19
YeI diplomatiyasi rahbari Kallas: Tramp Yevropani parchalashga intilmoqda
13:37