Toshkent shahar Maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
2018 yil 24 may kuni Barno Botirovna Islomova Toshkent shahar Maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bergan.
Barno Islomova shu paytga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 202-maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi lavozimida ishlab kelgan.
B.Islomova 1963 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent politexnika instituti (kunduzgi), 2000 yilda Toshkent davlat pedagogika instituti, 2005 yilda qayta tayyorlov kursini tamomlagan.
2009-2012 yillarda - Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 30-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachi yordamchisi, 2012-2013 yillarda - Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 30-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilonzor tumani sobiq hokimi «Suvsoz» DUK boshqaruvchisi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:12
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:33 / 07.10.2024
Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024