Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga Azamjon Mahamadjonovich Rizashov yangi boshqaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
Foto: Toshkent hokimligi matbuot xizmati
Azamjon Rizashov bunga qadar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Kanallarni saqlash, foydalanish, ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan boshqarmasida boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U 1967 yili Qirg‘iziston hududida, O‘sh viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1991 yili Toshkent avtomobil yo‘llar institutini tamomlagan.
2002-2006 yillarda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi o‘rinbosari, 2006-2012 yillarda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi, 2012-2014 yillarda «Maxsustrans» korxonasi bosh muhandisi lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
14:05 / 21.11.2025
Toshkent havosidagi changni kamaytirish: hokimlik yo‘llarga suv sepish bo‘yicha maxsus rejim joriy etdi
18:40 / 26.04.2024
Toshkentda banklar tomonidan bitiruvchilar va talabalar uchun 100 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi
15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi
10:06 / 07.10.2023