Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda 9 millioninchi fuqaro yaqin kunlarda tug‘ilishi kutilyapti
Foto: proufu.ru
Tojikistonda to‘qqiz millioninchi fuqaro yaqin kunlar ichida tug‘ilishi kutilmoqda. 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Tojikiston aholisi soni 8 mln 931 ming kishini tashkil etdi, birinchi chorak yakunlari bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 8 mln 973 mingga yetgan.
Mamlakat aholisining yillik o‘rtacha o‘sishi 1998 yildan beri 2 foizni tashkil etayotgani hisobga olinsa, to‘qqiz millioninchi fuqaro may oxirida tug‘ilishini taxmin qilish mumkin.
Aprelda, statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda 20 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qqiz millioninchi fuqaroning tug‘ilishiga sanoqli kunlar qoldi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va TR prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bu vaziyatni kuzatib bormoqda.
Hozircha chaqaloqning ota-onasiga qanday sovg‘a berilishi noma'lum.
Tojikistonda 7 millioninchi fuqaro 2006 yilning 13 avgustida tug‘ilgan bo‘lsa, sakkiz millioninchi fuqaro 2013 yilda tavallud topgan.
Mavzuga oid
15:15 / 09.02.2026
O‘zbekiston eksportida Rossiya va Xitoy yetakchi bozorlar bo‘ldi
14:22 / 09.02.2026
2025 yilda muzey xizmatlari 32 foizga qimmatlashdi
12:27 / 09.02.2026
2025 yilda havo transportida bir kunda o‘rtacha 26 ming yo‘lovchi tashilgan
12:06 / 09.02.2026