Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Turkiya bilan yaqinlashmoqda, o‘zaro erkin savdo hududi yaratilishi mumkin
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot vaqtida mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo hududini yaratish masalasini muhokama qildi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot davomida Ukraina hamda Turkiya o‘rtasida erkin savdo bo‘yicha kelishuvni imzolash borasidagi muzokaralar jarayonini jadallashtirish muhokama etildi», - deya yozgan Poroshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar, shuningdek, energetika, aviatsiya va mudofaa sohalaridagi hamkorlikni ham ko‘rib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning MDHdan chiqishi qanday oqibatlarga olib kelishi aytilgandi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026