Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning MDHdan chiqishi qanday oqibatlarga olib kelishi aytildi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Ukraina uchun MDHdan chiqish «juda katta» yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rzeczpospolita yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, MDH davlatlari bilan erkin savdo to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish «Ukrainani ko‘p milliardli yo‘qotishlarga olib keladi».
Ekspertlarning fikricha, Kiyevda «shunchaki nomigagina chiqish uchun barchasini qilishadi», aslida esa Ukraina o‘ziga manfaatli bo‘lgan shartnomalarga rioya qilishda davom etadi.
Ta'kidlanishicha, 2017 yilda Ukraina va MDHning boshqa mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 16 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, bu summaning katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina vakillarini MDHning barcha ustav organlaridan chaqirtirib olgandi.
Mavzuga oid
15:07 / 09.02.2026
Ukrainada Rossiya Starlink’dan uzishni qanday chetlab o‘tayotgani aytildi
13:41 / 09.02.2026
Babish: Yevropa Ukraina bo‘yicha Putin bilan muzokara olib borishi kerak
12:36 / 09.02.2026
Rossiya kechasi Ukrainaga 100 tadan ortiq dron bilan hujum qildi
11:55 / 09.02.2026