Jahon | 08:43 / 25.05.2018
21937
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkmanistondan paxta va paxta mahsulotlari olib kirishni taqiqladi  

Foto: Turkmen Habar Gullugy

AQShda Turkmanistondan paxta va paxta mahsulotlari olib kirish taqiqlandi. Bu haqda AQShning chegara va bojxona qo‘riqlash boshqarmasi saytida ma'lum qilingan.  

Ushbu qaror 18 may kuni qabul qilingan. Buning sababi keltirilmagan. Biroq avvalroq bunday qarorni faollar qo‘llab-quvvatlashayotgani ma'lum qilingan. Faollarning ma'lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi qandaydir mahsulotni ishlab chiqarishda majburiy mehnat qo‘llanadi.

Ushbu qarorni paxtachilik tarmog‘ida bolalar va kattalarning majburiy mehnatini yo‘q qilishga kurashuvchi Cotton Campaign koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlagan. Avvalroq ushbu guruh Inditex, IKEA va H&M kabi yirik savdo tarmoqlari turkman paxtasini sotib olishdan voz kechishlariga erishgan.

AQShning o‘zi dunyodagi eng yirik paxta eksportchisi hisoblanib, uning hisobiga jahon eksportining uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Turkmanistonning ulushi esa 2 foizni tashkil qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid